AQShning Merilend shtati Prins-Jorjes okrugidagi turar-joy kompleksi avtoturargohi va binoning ichida noma’lum shaxs o‘t ochdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Otishmada ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi. Qurbonlar orasida o‘smir bor.
Jinoyatchi voqea joyidan qochishga muvaffaq bo‘ldi. Uning motivlari hozircha noma’lum. Politsiya qidiruv e’lon qildi.
Izoh (0)