Venesuela Milliy assambleyasi davlat rahbarining impichmentini e’lon qilish imkonini beruvchi vakolatga ega emas. Bu haqda respublika bosh prokurori Luis Ortega Dias Venevision telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq ushbu hafta muxolifat tomonidan nazorat qiluvchi mamlakatning qonunchilik organi prezident Nikolas Maduroga nisbatan impichment jarayonini boshlash va parlament komissiyasi davlat rahbarining lavozimidan ketishi hamda jinoiy va siyosiy javobgarlikka tortilish ehtimolini o‘rgana boshlashi uchun ovoz bergan edi.
“Venesuelaga nisbatan impichment jarayoni mavjud emas, prezidentga nisbatan hatto ishonchsizlik votumini ham ilgari surish mumkin emas. Bunday jarayon vitse-prezidentlar yoki vazirlarga nisbatan amal qilishi mumkin. Biroq prezidentga qarshi emas, chunki bunga konstitutsiya yo‘l qo‘ymaydi”, — deb ta’kidladi Ortega Dias.
Uning so‘zlariga qaraganda, davlat rahbariga nisbatan dastlabki surishtiruv faqat bosh prokuratura va uning boshlig‘i tomonidan Oliy sud plenumining ishtirokida o‘tkazilishi mumkin.
Izoh (0)