Chikagoning (Illinoys shtati) O’Xara aeroportida American Airlines aviakompaniyasiga qarashli Boeing 767 dvigatelining jiddiy buzilishi uning qanot qismida yong‘inni keltirib chiqardi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Samolyot tezligini oshirayotgan paytda uning dvigetali ishida nosozlik qayd etilgan. Oqibatda motor korpusi ichkarisidagi qismlar o‘qdek sochilib ketgan.
American Airlines’ning ma’lum qilishicha, 383-reys bilan Mayamiga parvoz qilishi kerak bo‘lgan Boeing 767 dvigatelga taalluqli mexanik nosozlik tufayli uchish bosqichida to‘xtab qolgan. 161 nafar yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushirilgan va avtobuslar yordamida terminalga yetkazilgan.
Aviakompaniya dastlab sakkiz kishining jabrlanganligi haqida ma’lum qilgan edi. Hozirgi paytda jabrlanganlar soni 21 kishiga yetgan.
Izoh (0)