Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

KXDR yetakchisi Kim Chen In kosmetik vositalar ishlab chiqaruvchi yangi fabrika faoliyati bilan tanishdi. “TASS”ning Koreya markaziy telegraf agentligiga asoslanib bildirishicha, Kim Chen In avtomatik ish rejimiga o‘tkazilgan korxona mahsuloti, shu jumladan, suyuq sovun va shampunlar xilma-xilligi va yuqori sifati bilan ajralib turishini ta’kidladi.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Ushbu zamonaviy fabrikaning foydalanishga topshirilishi koreys xalqi turmush darajasini oshirish ishiga hissa bo‘lib qo‘shiladi”, — dedi Shimoliy Koreya rahbari.

Kim Chen In ilgarigi chiqishlarida mahalliy losyon, atir-upa, sovun, krem va lab pomadalarining sifati import mahsulotlarining sifatidan yuqori turishi lozimligini aytgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Sezmagansiz ham: Film voqealaridagi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol xatolar (foto) 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda politsiyachi o‘z hamkasbini boshidan otib qo‘ydi
Mahalliy
UMS 7 mlrd so‘mlik tenderda 1 tiyin arzonroq narx taklif qilgan korxona g‘olib bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi