Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakatning yadroviy obyektlaridan biri sobiq prezident, yaqinda qazo qilgan Shimon Peres sharafiga nomlanishini e’lon qildi. Bu haqda, The Jerusalem Post nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bosh vazir bu haqda Peres qabrtoshining ochilish marosimida ma’lum qildi.
Negev cho‘lida joylashgan yadroviy obyekt bundan buyon Shimon Peres nomidagi yadroviy tadqiqotlar markazi deb ataladi.
Izoh (0)