Darvoza ishg‘ol qilinganini avtomatik tarzda aniqlash tizimidan 2017-yilda Rossiyada o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogida foydalaniladi. Bu haqda, FIFA matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Goal-Line Technology tizimi golni texnik vositalar yordamida qayd qilib, o‘yin hakamini to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tganidan tezkor ravishda boxabar etish imkoniyatini beradi. Ushbu tizim sinovdan o‘tkazilgan birinchi xalqaro turnir 2012-yili Yaponiyada o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lgan edi. Shundan so‘ng undan 2013-yilgi Konderatsiyalar kubogida, 2014-yilgi Jahon chempionatida hamda 2016-yilgi Yevropa chempionatida foydalanilgan edi.
Konfederatsiyalar kubogi 2017-yil 17-iyundan 2-iyulga qadar Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozon shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)