BMT Xavfsizlik kengashi 28-oktabr kuni Damashqda Rossiya Federatsiyasi elchixonasining o‘qqa tutilishini qoraladi va Vena konvensiyasida belgilangan diplomatik missiyalar daxlsizligi tamoyilini eslatib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“Xavfsizlik kengashi a’zolari 28-oktabr kuni Damashqda Rossiya Federatsiyasi elchixonasining minomyotdan o‘qqa tutilishi va oqibatda jiddiy moddiy zarar yetkazilishini qat’iy tarzda qoraladi”, — deyiladi Rossiya delegatsiyasining tashabbusi bo‘yicha qabul qilingan hujjatda.
Rossiya TIVning ma’lum qilishicha, terrorchilar 28-oktabr, juma kuni Rossiya Federatsiyasining Suriyadagi elchixonasiga qarata ikki minomyot snaryadini uloqtirgan. Ulardan biri diplomatik missiya binosi kirish qismi yaqinida portlagan. Qurbonlar yo‘q, elchixonaga moddiy zarar yetkazilgan, to‘rtta avtomobilga zarar yetgan.
Izoh (0)