Ispaniyaning “Vilyarreal” futbol klubi osiyolik umidli futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishda davom etadi. Bu safar “sariq suv osti kemasi” hindistonlik 19 yoshli Ashik Kuriniyan bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
“Vilyarreal” avvalroq qatarlik 19 yoshli futbolchi Akrom Afifni o‘z safiga qo‘shib olgandi. Hindistonning “Puna Siti” klubida to‘p suradigan yigit esa bu borada ikkinchi osiyolik bo‘ldi. Bu yigitlar “Vilyarreal”dagi 1 yil davomida o‘zini ko‘rsata olsa, asosiy tarkibga jalb etiladi.
Izoh (0)