Bahrayn mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida final ishtirokchilari aniqlandi. Hal qiluvchi bellashuv 30-oktabr kuni Riffa shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning birinchi o‘yinida Yaponiya terma jamoasi Vyetnam darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Chorak finalda yaponiyalik futbolchilar Tojikiston ustidan 4:0 hisobida zafar quchgandi. Vyetnam finalga yo‘l ola bilmagan bo‘lsa-da, 2017-yil Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini mundial chiptasidan mosuvo qilgan eronlik futbolchilar esa Saudiya Arabistoni bilan bo‘lib o‘tgan yarim final o‘yinida imkoniyatni boy berdi — 5:6. Mazkur bellashuv Bahrayndagi Osiyo Chempionatining eng sermahsul o‘yini bo‘lib qoldi.
Osiyo Chempionati—U19 Yarim final 27-oktabr, payshanba
Izoh (0)