Turkiya huquq-tartibot organlari iyul oyida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishiga urinishni tergov qilish doirasida mamlakat harbiy-havo kuchlarining 73 nafar uchuvchisini hibsga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hibsga olishlar Turkiya markazidagi Ko‘nya viloyatidagi aviabazada, shuningdek, mamlakatning boshqa 16 viloyatidagi hududlarida amalga oshirilgan.
Xabar berishlaricha, hibsga olingan uchuvchilarning 71 nafari leytenant unvoniga ega.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)