Nissan kompaniyasi Britaniyaning Sanderlend shahrida joylashgan zavodiga investitsiyalar kiritishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, u yerda Qashqai va X-Trail krossoverlarining ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu kompaniyaga 7 ming ish o‘rnini saqlab qolish imkonini beradi, deb xabar qiladi “RBK”.
Nissan’ning bayonoti Buyuk Britaniyadagi referendumda Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafdorlari g‘alaba qozonganidan so‘ng yirik kompaniya bu mamlakatda ishlab chiqarishni kengaytirishi bilan bog‘liq birinchi qaror bo‘ldi.
Kompaniya rahbari Karlos Gon qaror Buyuk Britaniya hukumatining kafolatlari va qo‘llab-quvvatlashi tufayli qabul qilinganini bildirdi.
Izoh (0)