Markaziy Italiyada 6,0 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “RBK”.
Ushbu yer silkinishidan ikki soatcha avval Italiyada 5,5 magnitudali yana bir zilzila yuz bergandi.
Ikkinchi yer silkinishining epimarkazi Kastelsantanjelo-sul-Nera shahri yaqinida joylashdi. Shahar meri Mauro Faluchchining so‘zlariga qaraganda, shaharda elektr ta’minoti uzilib qolgan.
Reuters agentligining qayd etishicha, har ikkala zilzila yetarlicha kuchli bo‘lgan. Ular 150 kilometr janubda Rimda ham binolarning yuqori qavatlarida sezilgan. Epimarkaz yaqinida joylashgan Visso shahri rasmiylari bir necha kishining jabrlanganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)