Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bundan keyingi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning garovi bo‘lishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov O‘sh davlat universitetiga tashrifi davomida ma’lum qildi, deb yozadi UzDaily.
O‘quv muassasasi talabalari oldida chiqish qila turib, Ikromov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlik munosabatlarining mustahkamligini ta’kidlab o‘tdi.
U Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bundan keyingi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning garovi bo‘lishi kerakligiga urg‘u berdi.
Shuningdek, Adham Ikromov ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirdi. U O‘zbekiston universitetlari O‘sh davlat universitetining chet ellik talabalarni o‘qitish va o‘quv jarayonida elektron shakldan foydalanishdagi tajribasini o‘rganishini ta’kidladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi O‘sh davlat universitetiga tashrifi davomida talabalar bilan uchrashib, o‘quv korpusi va tibbiyot klinikasini ko‘zdan kechirdi.
Izoh (0)