Venesuela markaziy banki 5000, 10000 va 20000 bolivar nominalli banknotalar, shuningdek, ming bolivar nominalli tangalar zarb etishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda, “Delinmediato.com.ve” portaliga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, yangi pullar joriy yil oxiriga qadar foydalanishga chiqariladi.
Venesuelada 2013–2015-yillar hisobiga inflyatsiya 300 foizni tashkil etdi. 2016-yilda bu ko‘rsatkich, Xalqaro valyuta jamg‘armasi prognozlariga ko‘ra, 700 foizga yetadi.
Izoh (0)