Har bir jamiyatda ayollarning roli ijtimoiy-iqtisodiy ustuvorliklar yuksalishining hal qiluvchi sharti sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda O‘zbekiston ayollari o‘zlarining ijodiy, amaliy qobiliyatlarini turli sohalarda muvaffaqiyatli namoyon qilmoqda. Ushbu jarayonlarni mustahkamlash maqsadida Ucell uyali aloqa operatori navbatdagi maxsus loyihaga qo‘l urdi. Kompaniya o‘tkazayotgan turkum treninglar davomida go‘zal ayollarimiz o‘z salohiyatlarini amalga oshirish, kasbiy va ijodiy o‘sish uchun qiziqarli va foydali ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Ucell kompaniyasining Press-ofisi buning yuzasidan quyidagilarni xabar qiladi.
“Ayollar ovozi. Zamonaviy jamiyatdagi yetakchilik”. Ucell kompaniyasining ushbu loyihasiga bir necha oy avval start berilgan edi va o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘z maqsadli auditoriyasi — nafosatli ayollarimiz orasida juda ommabop bo‘lib qoldi. Eng avvalo, ushbu tashabbusning g‘oyasi ayollar e’tiborini jalb qildi. An’anaviyga aylanib ulgurgan va sog‘liqni saqlash, biznes, pedagogika, estetika va qator boshqa sohalarning yetakchi mutaxassislari ishtirokidagi trening va interfaol tadbirlar davomida har bir ayol uchun doimo dolzarb va yaqin mavzular ko‘tariladi.
Rodika Verbenyuk — Ucell kompaniyasining korporativ kommunitsiyalar bo‘yicha direktori:
“Jamiyat o‘zgarib bormoqda, va barchamiz, yoshimiz, faoliyat sohamiz va gender mansubligimizdan qat’iy nazar, yangi talablarga yanada mos bo‘lishni xohlaymiz. Mazkur loyiha — bu ‘Sog‘lom ona va bola yili’ davlat dasturini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi bizning hissamizdir. O‘zbekiston ayollari yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etmoqda, ular turli mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat yurityapti. Va ularning kasbiy o‘sishi nafaqat biznes, balki butun jamiyat rivojida naqadar muhimligini ko‘rib turibmiz. Ayni vaqtda, mustahkam, uyg‘un oila yaratish, saranjomlikni ta’minlash, yaqinlarning salomatligi ketidan kuzatish, bolalarni tarbiyalash va shu kabi masalalarda ularning muhim rollarini e’tirof etish lozim. O‘tkazilayotgan treningning har bir sessiyasi juda ahamiyatli bo‘lib, turli yoshdagi va har qanday kasb egalari uchun mo‘ljallangan. Trening shaklining o‘ziga xosligi shundaki, ishbilarmon sohalardagi nazariy bilimlar va har qanday ayolga sog‘liqni saqlash, bolalarni tarbiyalash, uyni parvarishlash, estetika va go‘zallik sohalarda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar birgalikda qo‘llaniladi. Interfaol mahorat darslari ayolning yaratuvchan tabiati, nozik didi, uchraydigan barcha narsalarga muloyim munosabatini aks ettiradi. Ushbu loyiha ijtimoiy-ma’rifiy missiyaga ega, va shu bilan birga uni mamlakat mintaqalariga olib kelish va bu bilan butun jamiyatimiz uyg‘un rivojlanishiga xizmat qilishni istardik”.
Navbatdagi treningning kun tartibiga loyiha ishtirokchilari muhokama qilishi uchun juda dolzarb bo‘lgan “Muvaffaqiyatli muzokaralar siri” mavzusi kiritildi. Bunday ko‘nikmalar turli vaziyatlarda zarur bo‘ladi. Barchamiz doimo muzokaralar jarayonida hayot kechiramiz: uyimizda, do‘stlarimiz, sheriklarimiz, ishxonada hamkasblarimiz bilan. Va kutilayotgan natijaga erishish maqsadida hamma yerda muayyan vaziyat uchun kerak bo‘lgan yondashuv, ya’ni muzokaralar texnikasidan foydalanish zarur. Trening davomida mutaxassislar, nazariy bilimlar bilan bir qatorda, ishtirokchilarga qiziqarli interfaol mashqlarni taklif qildi. Ishlar natijalari batafsil ko‘rib chiqildi, taklif etilgan yechimlarning ijobiy va salbiy tomonlari aniqlandi.
Flora Nishanova — xorijiy kompaniya vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari, “Ayollar ovozi. Zamonaviy jamiyatdagi yetakchilik” loyihasining ishtirokchisi:
“Ushbu loyiha meni unda ‘muzokaralar’ mavzusi ko‘rib chiqilishi bilan o‘ziga jalb qildi. Bu menga xorijiy kompaniya rahbarining o‘rinbosari sifatida juda zarur. Muzokaralarni qanday qilib to‘g‘ri olib borish, o‘z nuqtai nazari, tamoyillarini himoya qilish yuzasidan yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Xullas, o‘zim uchun juda ko‘p ijobiy tomonlarni topdim. Ucell kompaniyasi ajoyib g‘oyani taklif qildi. Uning mazmuni shundaki, siz dolzarb bilimlarni egallaysiz va ayni vaqtda ko‘nikmalar orttirib, fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashasiz. Zamonaviy, ishbilarmon ayollar bilan tanishib olinganimdan mamnunman”.
Olga Soy — investitsion kompaniyaning huquqshunosi, “Ayollar ovozi. Zamonaviy jamiyatdagi yetakchilik” loyihasining ishtirokchisi:
“Men internetda, Facebook’da avvalgi seminarlar haqidagi ma’lumotlarni ko‘rdim. Bu meni juda qiziqtirib qoldi, negaki, fotoreportajlarga e’tibor bersak, bu qiziqarli tadbir ekan. Ko‘pgina salohiyatli ayollar tashrif buyuradi, tushunarli, ajoyib shaklda foydali ma’lumot taqdim etiladi. Bu men uchun ham foydali bo‘lishi mumkin, deb o‘yladim. Bugungi uchrashuvdan mamnunman. Yuqori kayfiyatda o‘tgan xushchaqchaq muloqot chog‘ida qator yangi ma’lumotlarni bilib oldim. Yangi Smart uslubiyatini o‘rgandim va undan o‘z ishlarim va shaxsiy hayotimda foydalanish niyatidaman. Bu ko‘proq muloqot yuritish shakliga o‘xshab ketadi, va bu klassik tushunchadagi trening emas, balki ahamiyatli ma’lumotlarni dilkashlik bilan uzatishdir. Ya’ni biz muloqot qilib o‘tiramiz, trenerlarimizni tinglaymiz, yangiliklardan boxabar bo‘lamiz. Ayni paytda bizni qat’iy doiralar siqib, qamrab olmagan. Biz betoqat, tarang ahvolda emas, bemalol, xotirjam o‘tiramiz, qiziqarli yangiliklarni tinglaymiz. Ucell’ning ushbu loyihasi mamlakatimizdagi ko‘pgina tashabbuslarni rivojlantirishga yordam beradi, ayollar o‘z qobiliyatlarini amalga oshirishi uchun foydali bo‘ladi, deb hisoblayman”.
“Ayollar ovozi” loyihasi — bu o‘z bilim saviyasini oshirishga intilayotgan, faoliyati uchun zarur bo‘ladigan moliyaviy savodxonlik, intervyudan o‘tish, vaqtni samarali rejalashtirish va maqsad belgilash, muzokaralarni olib borish san’ati kabi yo‘nalishlarda ko‘nikmalarni orttirishga harakat qilayotgan ayollar uchun o‘ziga xos poydevordir.
Ucell kompaniyasining “Ayollar ovozi. Zamonaviy jamiyatdagi yetakchilik” loyihasini amalga oshirish davomida treninglarda turli yoshli va turli faoliyat sohalariga mansub 100 dan ortiq ayollar ishtirok etdi.
Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.
Izoh (0)