“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub hujumchisi Krishtianu Ronalduning gol ura olmayotganidan xavotirda emasligini aytib, hujumchining to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilishiga ishonch bildirdi. Bu haqda “Chempionat” ma’lum qilmoqda.
“Ronaldu har bir o‘yinda 2–3 ta gol urishini afzal ko‘rardim. Hozircha gollar yo‘q. Lekin men bundan xavotirda emasman, chunki futbolda bunday holatlar bo‘lib turishini bilaman. Hozirda Krishtianu golli vaziyatlardan unumli foydalanmayapti, ammo tez orada u yana gol urishni boshlaydi”, – dedi Zinedin Zidan.
Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 6 o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va xuddi shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)