Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev hukumatni iste’foga chiqarish haqidagi farmonni imzoladi. Tegishli xabar respublika rahbari saytida chop etildi, deb yozadi “RBK”.
“Qirg‘iziston Respublikasi Oliy Kengashining 2015-yil 2-noyabrda Qirg‘iziston Sotsial-demokratik partiyasi, ‘Qirg‘iziston’, ‘Onuguu-Progress’, ‘Ota Makon’ fraksiyalari o‘rtasidagi koalitsiya kelishuvi bilan shakllantirilgan Qirg‘iziston Respublikasi hukumati iste’foga chiqarildi deb hisoblansin”, — deyiladi hujjatda.
Shu bilan bir vaqtda bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, respublika ma’muriy boshqaruv rahbarlariga hukumatning yangi tarkibi va boshqarmalar rahbarlari tayinlangunga qadar vazifalarini bajarishni davom ettirish taklif etildi.
Farmon u imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Oliy Kengashi spikeri Chinibay Tursunbekov parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi koalitsiyaning tarqalganligini rasman e’lon qilgan edi.
Izoh (0)