Qirg‘iziston Oliy Kengashi spikeri Chinibay Tursunbekov parlamentda ko‘pchilikni tashkil etuvchi koalitsiyaning tarqalganligini rasman e’lon qildi. Bu haqda u deputatlar yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Uning so‘zlariga qaraganda, u endilikda sobiq koalitsiya rahbari Kanat Isayevdan tegishli bildirishnomani olgan. “Maktubda ma’lum qilinishicha, koalitsiya Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasining undan chiqishi munosabati bilan o‘z mavjudligini to‘xtatgan”, — deb ta’kidladi spiker.
Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq, koalitsiya tarqalib ketgan holatda hukumat avtomatik ravishda iste’foga chiqadi. Endi uch kun davomida mamlakat prezidenti parlament fraksiyalaridan biriga yangi koalitsiya tuzishni topshirishi lozim. Yangi koalitsiya esa navbatdagi vazirlar mahkamasining tarkibi va tuzilishini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)