Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh mudofaa vazirligi oxirgi 20 yil mobaynida amalga oshmay qolgan qurol tizimlari loyihalariga jami 58 milliard dollar sarfladi. Bu haqda mudofaa vazirining xaridlar, texnologiyalar va logistika bo‘yicha o‘rinbosari Frank Kendall bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Idora ichida o‘tkazilgan xaridlar samaradorligi tekshiruvi shuni ko‘rsatdiki, 23 qimmatbaho loyiha ishga tushirilgan, moliyalashtirilgan, ammo birozdan so‘ng, milliardlab dollar xarajatdan so‘ng, bekor qilingan”, — deyiladi bayonotda.

Eng yorqin misol sifatida “Kelajak jangovar tizimi” loyihasi esga olindi. Ushbu loyiha yagona kompyuter tarmog‘i bilan birlashtirilgan uchuvchisiz texnika bilan qurollangan yangi qismlarning shakllantirilishini ko‘zda tutgan edi. Loyiha ustidagi ishlar 2003–2009-yillarda davom etdi, shundan so‘ng g‘oyadan voz kechildi, ammo u paytga qadar loyihaga 20 milliard dollar sarflangan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Genotsidda gumonlanayotgan erkak, sohilga chiqib qolgan o‘lik akula, Rossiya kuniga tayyorgarlik — 9-iyun suratlari 
Qozog‘iston
Qozog‘istonda yirik o‘rmon yong‘ini: 3 kishi halok bo‘ldi, To‘qayev yong‘in zonasiga boradi (video)
Dunyo
Medvedev AQSHning boshqa mamlakatlardagi harbiy amaliyotlarini sanab o‘tdi va Oq uyni “jim bo‘lishga” chaqirdi