Afg‘onistonning g‘arbiy G‘uvr viloyatida 33 nafar tinch aholi vakili “Tolibon” radikal harakati jangarilari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va o‘ldirilgan. Bu haqda 26-oktabr, chorshanba kuni Khaama Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy rasmiylar vakillari o‘g‘irlab ketilgan odamlarning o‘tgan kecha o‘ldirilganligini tasdiqladi. Biroq boshqa mansabdorning ma’lum qilishicha, 23 kishi jangarilarning qurboniga aylangan.
Toliblar hozirgi paytga qadar yuz bergan hodisa yuzasidan hech qanday ma’lumot tarqatmadi.
Izoh (0)