Pokistonning Kvetta shahrida politsiya akademiyasiga uyushtirilgan hujum oqibatida 59 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Geo TV ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shifokorlar 57 jasad mahalliy shifoxonalarga yetkazilganligi, 116 kishi yaralanganligini ma’lum qildi. Akademiya mashg‘ulotlar markaziga hujum qilgan jangarilarning uch nafari yo‘q qilingan, 250 nafarga yaqin kadetlar ozod qilingan.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, hujum vaqtida markazdan portlash ovozlari eshitilgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, hujum besh yoki olti nafar jangari tomonidan amalga oshirilgan.
Hukumat sodir etilgan hodisa ortida “Tolibon” harakati bilan bog‘liq “Lashkar-e Jangvi” guruhi turganligini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)