Gvatemala huquqni muhofaza qilish organlari FQB tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan 100 nafar jinoyatchi ro‘yxatiga kiruvchi AQSh fuqarosi Edvard Li Leblanni hibsga oldi. Bu haqda Prensa Libre gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Operatsiya ko‘cha jinoyatchilariga qarshi kurashish transmilliy markazi xodimlari tomonidan o‘tkazildi.
AQSh rasmiylari Leblanni 2008-yilda og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirishda ayblamoqda. 2013-yilda unga nisbatan federal qidiruv e’lon qilingan. Amerika rasmiylariga u taxminan Gvatemalaga qochib ketganligi ma’lum bo‘lgan. Markaziy Amerika respublikasida 38 yoshli Leblan faol hayot tarzi olib borgan, bir nechta regbi ligalarida ishtirok etgan.
Jinoyatchi qo‘lga olingandan so‘ng Gvatemala migratsiya xizmati izolyatoriga joylashtirildi. Yaqin vaqt ichida uni AQShga topshirish jarayoni boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)