Irlandiya shaharlaridan birida yuz bergan hodisa Artur ismli yigitning o‘limiga sabab bo‘lishiga ozgina qoldi. U evakuator tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotgan avtomobilini olib qochishga urindi. Bu haqda Daily Mail nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Mashina bir qadar balandlikdan tushib ketishiga ozgina qoldi, haydovchi esa jiddiy shikastlanishlardan arang qutulib qoldi.
Irlandiyalikning mashinasi platformadan tushib ketishiga bir bahya qolgandan so‘ng, u avtomobildan chiqib, evakuator haydovchisiga yaqinlashib, undan kechirim so‘ragan hamda kichik aybi borligi uchun politsiyadan yashirinishi kerakligini aytgan.
Uning qanday jinoyat sodir etganligi noma’lum, biroq u odil sudlovdan qutulib qolishga erisha olmadi.
Arturning bu urinishi ijtimoiy tarmoqqa “Ahmoq mashinasini evakuatordan haydab tushirishga urinmoqda” nomi ostida joylashtirilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=E61DM9PSveY
Izoh (0)