24-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyev qishloq joylarda arzon uy-joylar qurish dasturini tasdiqladi. Quriladigan arzon uylarning qiymati taxminan 75,5 mln so‘mdan boshlanadi, eng qimmati 182 mln so‘m bo‘lishi aytilmoqda.
2. O‘zbekiston delegatsiyasi do‘stlik tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi. 1-oktabr kuni Qirg‘iziston delegatsiyasi Andijon viloyatiga do‘stlik safarini uyushtirgan edi.
3. ABC so‘rovi natijalari Klinton Trampni 12 foizga ortda qoldirayotganini ko‘rsatdi. Eslatib o‘tamiz, AQShda prezident saylovi 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
4. Venesuela parlamenti davlat to‘ntarishi haqida e’lon qildi. Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolas Maduro davlat to‘ntarishining tashkilotchisi deb e’lon qilindi.
5. Ibrahimovich, Inyesta va Levandovski ham “Oltin to‘p–2016”ga da’vogarlar ro‘yxatiga kiritildi. Hozirga qadar “Oltin to‘p–2016” mukofotiga nomzodlarning 30 nafaridan 15 nafari aniq bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)