1896-yil Afinada o‘tgan Olimpiya o‘yinlarining g‘olibiga topshirilgan kumush medali 100 ming dollardan ortiqqa baholandi. Bu haqda, qimmatbaho kolleksiya buyumlarini sotishga ixtisoslashgan Paul Fraser Collectibles kompaniyasiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Medal Heritage Auctions auksion uyi tomonidan kim oshdi savdosiga qo‘yildi.
“Oltin har doim ham Olimpiadalarning bosh mukofoti bo‘lmagan. Birinchi Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblari kumushga olgan. Bunday medallardan 100 dona chiqarilgan, bunisi esa ayniqsa yaxshi saqlangan”, — dedi auksion uyi vakili Nikolas Dous.
2014-yili medal 219 ming dollarga sotilgan edi.
Izoh (0)