Sharqiy Xitoyning Szinan shahri (Shandun provinsiyasi) politsiyasi maktablardan birida pichoq bilan qurollangan kimsa tomonidan garovga olingan o‘quvchini ozod qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Garovga olingan tutqunlikdan ozod etildi. Tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi”, – deyiladi mahalliy politsiya boshqarmasi xabarida.
Eslatib o‘tamiz, pichoq bilan qurollangan noma’lum kimsa Szinan shahridagi maktablardan birida o‘quvchini garovga olishdan avval ikki kishiga jarohat yetkazgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchi yaqin atrofdagi qishloqlardan birida yashaydi. Taxmin qilinishicha, u va ta’lim muassasasi ma’muriyati o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.
Uning xatti-harakatlari sababi o‘rganilmoqda.
Izoh (0)