Ispaniya konstitutsion sudi Kataloniya muxtor jamoatida korrida o‘yinlarini o‘tkazishda o‘rnatilgan cheklovni bekor qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
2010-yilda Kataloniya parlamenti buqalarga qarshi jangni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. Bunda asos sifatida tadbirlar o‘tkazishning mintaqaviy normalari hamda jonivorlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar olingan edi.
Ammo Madrid bu masala mahalliy hokimiyat qo‘lida emas, degan fikrga keldi. Natijada korrida qayta tiklandi, negaki, ispan qonunchiligiga muvofiq, u milliy madaniy merosning bir qismi hisoblanadi.
Ispaniyada korrida jamoatchilik orasida keskin bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bir guruh faollar uni jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish deb baholasa, boshqalar milliy madaniy meros sifatida ko‘rmoqda.
Izoh (0)