Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroqning Mosul shahrini IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiyada ishtirok etmoqda. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim hukmron Adolat va rivojlanish partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishi paytida bayonot berdi.
“Bizning harbiy-havo kuchlarimiz koalitsiya tarkibida qatnashmoqda. Bu Mosul bo‘yicha operatsiyada Turkiyaga o‘rin yo‘q deganlarga javobdir”, — uning so‘zlarini keltiradi “TASS”.
Ilgariroq Bag‘dod Turkiya Mosulni ozod qilish operatsiyasida ishtirok etishiga qarshilik bildirgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)