BMT kotibiyati korrupsiyaga aloqadorlik bo‘yicha ayblov e’lon qilingan amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprio bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
U tashkilot Gollivud aktyorining iqlim o‘zgarishlari oqibatlari bilan kurashish bo‘yicha harakatlarini olqishlashini bildirdi.
“Jamoatchilik axborotlari departamentidagi hamkasblarning ma’lum qilishicha, Di Kaprioning jamg‘armasi AQShning tegishli organlari bilan hamkorlik qiladi va biz uning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kurashdagi xizmatlarini olqishlashda davom etamiz”, — dedi Dyujarrik.
Eslatib o‘tamiz, BMTning iqlim bo‘yicha elchisi Di Kaprio 1MDB Malayziya davlat jamg‘armasining qalloblik ishlariga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)