Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasining finaliga yo‘llanma olish o‘zbekistonlik futbolchi Sardor Rashidov va uning jamoasi “Al-Jaish”ga nasib qilmadi. Bu borada u O‘zbekistonning birinchi futbolchisiga aylanib olish imkoniyatiga ega edi.
Musobaqaning yarim finali “Al-Jaish” uchun 2016-yilgi mavsumda so‘nggi nuqta bo‘ldi. Dastlabki uchrashuvni Amirliklarda 1:3 hisobida boy bergan Qatar klubi, o‘z maydonida 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Rashidov asosiy tarkibda o‘yinni boshlagandi. Mazkur uchrashuv Abdulrahmonlar oilasi vakili tomonidan urilgan gol bilan boshlanib, shu sulolaning boshqa bir vakili urgan gol bilan yakuniga yetdi. Natijada Qatar klubi final chiptasidan mahrum bo‘ldi.
Rashidov “Al-Ayn” maydonida gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. O‘z maydonida esa buning uddasidan chiqa olmadi.
Ma’lumot uchun, “Al-Ayn” Sardor Rashidovdan oldinroq Toshkentning “Lokomotiv” klubini ham turnirdan chiqarib yuborgandi.
Osiyo Chempionlar Ligasi Yarim final. Javob o‘yini 18-oktabr, seshanba
“Al-Jaish” (Qatar) — “Ay-Ayn” (BAA) 2:2
Gollar: Umar Abdulrahmon, 57 (0:1). Romarinyo, 67 (1:1). Romarinyo, 81 (2:1). Muhammad Abdulrahmon, 90+5 (2:2).Dastlabki o‘yin: 1:3
Izoh (0)