Kuvayt vazirlar mahkamasi a’zolari iste’fo so‘radi. “Interfaks”ning AP’ga asoslanib yozishicha, bunday qarorga sabab sifatida qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlari o‘rtasida yetarli darajada hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, Kuvayt amiri Sabah as-Sabah parlamentni tarqatib yuborish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatda aytilishicha, parlament “mintaqada yuzaga kelgan vaziyat, shuningdek, xavfsizlikni ta’minlashdagi muammolar” tufayli tarqatib yuborilgan.
Saylovlar qachon bo‘lib o‘tishi hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)