Rossiya va Hindiston harbiy-texnik sohada bir qator kelishuvlar imzoladi. Ularga ko‘ra, rasmiy Moskva S-400 “Triumf” raketa tizimlarini yetkazib beradi, shuningdek, Hindiston harbiy-dengiz kuchlari uchun 11356 loyihasi asosida fregatlar ishlab chiqaradi. Shuningdek, Ka-226T vertolyotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Hindiston-Rossiya kompaniyasi tashkil etiladi, deb xabar beradi “TASS”.
Hujjatlar RF prezidenti Vladimir Putin va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasidagi muzokaralar yakunlariga ko‘ra imzolandi.
Jami 18 hujjat imzolandi, shuningdek, global tinchlik va barqarorlikka erishishga yondashuvlar to‘g‘risidagi bayonot qabul qilindi.
Izoh (0)