O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov ProSports Management kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan “Bunyodkor” hujumchisi Eldor Shomurodov sha’niga iliq fikrlar bildirdi, deb yozdi “Championat.asia”.
“Eldor ajoyib va oddiy yigit, — gap boshladi Ahmedov. — U o‘zining qobilyati bilan boshqa futbolchilar ichida ajralib turadi. Tug‘ma qobiliyati borligini ko‘p gol urishi va Oliy Liga to‘purarlari qatorida borishidan ham bilish mumkin”.
Ahmedovning fikriga ko‘ra, Shomurodov terma jamoadagi har bir o‘yinda muhim o‘rin tutmoqda. “Yaqin orada futbolimizda yangi yulduz paydo bo‘lishiga ishonaman”, — deb so‘zini yakunladi “Krasnodar” klubi a’zosi.
Eldor Shomurodov O‘zbekiston — Xitoy uchrashuvining borishini mutlaqo o‘zgartirib yuborgan birinchi golga uzatmani amalga oshirib bergandi. U 2015-yil yakunlariga ko‘ra Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun tanlab olingan uch nomzoddan biri bo‘lgan.
Izoh (0)