Iroq poytaxti Bag‘dodda ro‘y bergan portlashda 30 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda, “al-Ahram” gazetasining elektron versiyasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea shaharning ash-Sha’b tumanida sodir bo‘ldi. Yaralanganlar soni 50 kishidan oshdi.
Tumandagi maydonlardan birida tikilgan chodirda Ashuro kunlarini o‘tkazayotgan o‘nlab shialar xudkush terrorchining nishoniga aylandi. U egnidagi xudkush kamarini harakatga keltirib, motam marosimiga to‘plangan odamlarning halokatiga sabab bo‘ldi.
“Ash-Sharq al-Avsat” nashrining bildirishicha, terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)