3–11-oktabr kunlari Jenevada Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Assambleyasining 56-yig‘ilishlar seriyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi, deb xabar qiladi UzReport.
Tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasining tashkilot bosh direktori Frensis Garri bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Garri tashkilot va O‘zbekiston o‘rtasidagi mavjud munosabatlarni ijobiy baholab, ularni yanada mustahkamlash zaruratini ham qayd qilib o‘tdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, tashkilot kotibiyatida hamda chet el delegatsiyalari bilan yana bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Ularda ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
1967-yilda tashkil etilgan Butunjahon intellektual mulk tashkiloti BMT tizimidagi muassasa hisoblanib, intellektual mulk sohasida hamkorlikni mustahkamlash va xizmat ko‘rsatish masalalari bilan shug‘ullanadi. Unga 189 davlat a’zo. Tashkilot shtab-kvartirasi Jenevada joylashgan.
Izoh (0)