Iroq poytaxtining ash-Sha’b tumanida va shahar chetida uyushtirilgan teraktlar qurbonlari soni 55 kishiga yetdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ilgariroq 30 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.
Xudkush terrorchi egnidagi portlovchi uskunani harakatga keltirib, shialar Ashuro marosimi uchun to‘plangan chodirni portlatdi. Buning oqibatida 41 kishi halok bo‘ldi, 33 kishi yaralandi.
Bundan tashqari, Bag‘dod chetida yana ikkita portlash amalga oshirildi. Birinchisi nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida ro‘y berib, sakkiz politsiyachining o‘limiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, 11 politsiyachi yaralandi.
Uchinchi portlash hukumatni qo‘llovchi sunniy ko‘ngillilar yetakchisining uyida sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)