Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlari aviatsiya guruhini joylashtirish haqidagi Suriya bilan kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Suriyada harbiy aviatsiyani joylashtirish haqidagi kelishuv muddatsiz bo‘lib, imzolangan paytdan boshlab qo‘llaniladi.
7-oktabr kuni Davlat dumasi Suriya hududiga aviaguruhni muddatsiz joylashtirish haqidagi Rossiya—Suriya kelishuvini ratifikatsiya qildi. Kelishuv 2015-yilning 26-avgustida Damashqda imzolangan edi.
Kelishuv matnida keltirilgan shartlarga ko‘ra, aviatsiya guruhining tarkibini Suriya hukumati bilan kelishgan holda Rossiyaning o‘zi belgilaydi.
Izoh (0)