Fransiya prezidenti Fransua Olland “Prezident ... demasligi kerak” nomli kitobida futbolchilarning bilim darajasi past ekanini aytdi, deb xabar bermoqda Yahoo Sport.
“Ular dastlabki tayyorgarliksiz yomon tarbiya ko‘rgan bolalardan badavlat yulduzgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Ular bu qanchalik to‘g‘ri-noto‘g‘riligini tushunish uchun ruhiy jihatdan tayyor emas”, – deb hisoblaydi Olland.
Shuningdek, Olland Fransiya futbol federatsiyasi futbolchilar bilan o‘quv xonalarida dars o‘tishi kerakligini aytdi. “Bu ularga miya uchun mashg‘ulot zali bo‘ladi”, – deb yozdi siyosatchi.
Fransiya prezidentining so‘zlariga javoban mamlakat termasining sobiq a’zosi, Yevropa va jahon chempioni Emmanuel Peti siyosatchilar adolat va shaffoflik ustida ish olib borishi kerakligini ta’kidladi.
“Mana shu insonlar shohsupadan fransiyaliklar darajasiga tushsa yaxshi bo‘lardi. Hamma futbolchilar ham ideal emas, ammo daromad topamiz. Siyosatchilardan farqli ravishda biz xalq hisobidan kun ko‘rmaymiz. Biz odamlar pulini o‘g‘irlamaymiz”, – dedi Peti.
Izoh (0)