Angliyaning “Chelsi” futbol klubi sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi mashhur Nike kompaniyasi bilan 900 million funtga teng 15 yillik shartnoma imzolashini tasdiqladi. Bu haqda “iSport.ua” xabar bermoqda.
Nike 2017/18-yilgi mavsumdan boshlab “Chelsi”ning yangi homiysiga aylanadi. Shartnomaga ko‘ra, London klubi yiliga qariyb 60 million funt oladi. Mazkur kelishuv “Chelsi” tarixidagi eng yirigi bo‘ladi.
Shu yilning may oyida “Chelsi” Germaniyaning Adidas kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvi shartlaridan norozi bo‘lganidan so‘ng, London klubi Nike bilan ishlashi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ayni damda Nike “Chelsi” jamoasi a’zolari Eden Azar va Villian bilan hamkorlik qiladi.
Izoh (0)