Vankuver–2010 qishki Olimpiadasi g‘olibi, yetti karra jahon chempioni va ikki karra jahon Kubogi sohibi norvegiyalik Tereza Yoxaug doping bilan tutildi. Bu haqda Norvegiya chang‘i poygasi federatsiyasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Xabarda qayd etilishicha, norvegiyalik sportchi quyosh nurlaridan saqlaydigan kremni labiga surtgan. Buning oqibatida taqiqlangan modda – klostebol Yoxaugning organizmiga tushgan.
Tereza Yoxaug yuzaga kelgan holatdan tushkunlikda ekanini ma’lum qildi.
“Menimcha, bu adolatdan emas. Ammo sportchi tanlangan tibbiy preparat uchun javobgar ekanini tushunib turibman”, – dedi chang‘ichi.
Izoh (0)