• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi

    2016-yil 12-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev raisligida Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Majlisda kelgusi yilning eng muhim moliyaviy-iqtisodiy hujjatlari bo‘lgan – 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari, soliq va byudjet siyosati konsepsiyalari, O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari har tomonlama muhokama qilindi hamda qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Majlis davomida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan 2017-yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi bo‘yicha takliflar muhokama qilindi va qo‘llab-quvvatlandi. Ularda yalpi ichki mahsulotni, investitsiyalar, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish, qurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish hajmlarining jadal o‘sish sur’atlarini hamda narxlarning umumiy darajasi o‘sishini saqlash hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikka erishish nazarda tutilgan.

    Majlisda 2017-yilda soliq va byudjet siyosatini yanada takomillashtirish bo‘yicha soliq ma’murchiligini takomillashtirishni, mahalliy byudjetlarning va maqsadli byudjetdan tashqari fondlarning daromad qismini mustahkamlashni, shuningdek, davlatning ijtimoiy majburiyatlarini moliyalashtirishning ustuvorligi saqlanishini nazarda tutuvchi takliflar birma-bir ko‘rib chiqildi.

    Majlisda 2017-yilgi Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy parametrlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishlab chiqilgan Davlat byudjeti loyihasida ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirishga qariyb 60 foiz mablag‘lar ajratilishi ushbu loyihada yuqori ijtimoiy yo‘naltirilganlik saqlanib qolgani qayd etib o‘tildi. Kelgusi yilda byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar va stipendiyalar miqdorlarini yanada oshirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnik bazasi va jihozlanganligini mustahkamlashga oid ishlarni davom ettirish nazarda tutilmoqda.

    Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimliklari rahbarlari oldiga iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalarining moliyaviy-iqtisodiy holatini tizimli ko‘rib chiqish va mustahkamlash, byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘lovlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitoblarni ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklariga yangi korxonalarni ishga tushirish va mavjud korxonalar faoliyatini kengaytirish, kichik biznes va xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash hisobiga mahalliy byudjet daromad qismini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Bandlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni faol davom ettirishning muhimligi va ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda respublika Hukumati majlisida 2017-yilda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihasi parametrlari har tomonlama va chuqur tahlil qilindi.

    Majlisda, shuningdek, yoshlarni, eng avvalo, 2016/2017 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

    Respublika Hukumati majlisidagi muhokamalar natijalari bo‘yicha 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi, soliq va byudjet siyosati konsepsiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining hamda Ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi loyihalari ma’qullandi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga ko‘rib chiqish uchun yuborishga qaror qilindi.

    13.10.2016, 09:58   Izoh (0)   16937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yagona portal orqali daraxtlarni kesishga ruxsatnoma olish uchun ariza yuborish mumkin bo‘ldi

    13.10.2016, 08:56

    Amnistiya to‘g‘risidagi qaror, Toshkent va Samarqandda kutilayotgan kuchli yomg‘ir va shamol, Kim Chen Inni yo‘q qilish uchun maxsus qo‘shinlar va kunning boshqa m...

    12.10.2016, 20:18

    Abdulaziz Kamilov Kuvayt elchisi Ahmad al-Jiyranni qabul qildi

    12.10.2016, 15:04

    O‘zbekiston senatorlari amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qildi

    12.10.2016, 13:30

    Toshkentda 11-oktabr kuni havo harorati +27 darajadan oshmadi

    12.10.2016, 13:01

    Toshkentda “Zamonaviy seysmologiyaning dolzarb muammolari” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

    12.10.2016, 12:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qator hududlarida issiqlik va gidroelektr stansiyalari ishga tushiriladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 00:13

    Indoneziya prezidentining mushugi shaxsiy qo‘riqchiga ega bo‘ldi

    Dunyo | 22 iyul, 00:00

    O‘zbekistonda gaz va benzin ishlab chiqarish hajmi kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 23:44

    Isroil 25 davlatning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi

    Dunyo | 21 iyul, 23:16

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.