Fransiyaning sobiq prezidenti, sentabr oyida o‘pka infeksiyasi tufayli gospitalizatsiya qilingan Jak Shirak shifoxonadan chiqarildi va endi davolanishni ambulator rejimda davom ettiradi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Sobiq siyosatchining kuyovi Frederik Sala-Baru u Pityo-Salpetriyer shifoxonasini tark etganini va endilikda uyda davolanishini ma’lum qildi.
83 yoshli Jak Shirak 18-sentabr kuni Parijdagi Pityo-Salpetriyer shifoxonasiga yotqizilgan edi. Marokashda ta’til o‘tkazgan siyosatchining o‘pkasi yallig‘langani aniqlandi.
Izoh (0)