AQShda “Mettyu” dovuli qurbonlari soni 38 kishiga yetdi. Bu haqda NBC telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekanalning qayd etishicha, faqatgina Shimoliy Karolina shtatida tabiiy ofat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 19 kishiga yetgan.
Avvalroq Associated Press agentligi Shimoliy Karolinada politsiya xodimi suv toshqini vaqtida qurollangan odamni otib o‘ldirganligini ma’lum qilgan edi. Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, erkak noma’lum sabablarga ko‘ra, o‘zini tajovuzkorona tutgan.
“Mettyu” dovuli Atlantikada 2007-yildan buyon qayd etilgan eng kuchli dovulga aylandi. Gaitidan so‘ng u janubi-sharqiy shtatlar tomonga ko‘chdi.
Izoh (0)