Apple’ning Brisben shahridagi do‘konlaridan birida xodimlarning bir guruhi boshqa xodimlarni va xaridorlarni suratga olganligi, bundan tashqari ularning mobil qurilmalaridan suratlar o‘g‘irlaganligi ma’lum bo‘ldi. Apple hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazdi. Bu haqda Avstraliyaning Courier Mail gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi TJournal.
Apple’ning Kerindeyldagi (Brisben shahrining chekka qismi) do‘kon xodimlaridan biri texniklardan birining qurilmalarni ta’mirlash xonasida mijoz telefonidagi suratlarni tomosha qilayotganligini ko‘rib qolgan.
Gazetaning ma’lum qilishicha, do‘kon xodimlari va mijozlari bo‘lgan ayollarning 100 dan ortiq surati olingan. Suratlar yaqin masofadan olingan, nashr ularni axloqsiz suratlar deb atagan.
Bundan tashqari, suratlarning bir qismi mijozlar almashtirish yoki tuzatish uchun olib kelgan mobil qurilmalardan o‘g‘irlangan. Yangi va o‘g‘irlangan suratlar bir necha xodimlar orasida muhokama etilgan. Ular suratlarni chat orqali almashib, suratga olingan kishilarga bir balldan o‘n ballgacha bo‘lgan shkalada baho bergan.
Mojaro tufayli to‘rt nafar xodimning ishdan bo‘shatilganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)