Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2022-yili Pekinda o‘tadigan qishki Olimpiya o‘yinlarida Xitoy hukumati senzurasiz internetni ta’minlab berishiga umid bildirdi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
XXRda internet va OAV ustidan nazorat olib boriladi. Ayni paytda Xitoyda Facebook, Twitter, Instagram, YouTube, Google singari yirik resurslar bloklab qo‘yilgan.
XOQ prezidenti o‘rinbosari Kichkina Xuan Antonio Samaranch Olimpiadaga da’vogarlik talabnomasida rasmiy Pekin internet erkinligini ta’minlashga kafolat berganini eslatib o‘tdi.
“Pekin bilan hamkorlik tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, ular doim so‘zlariga amal qiladi. Biz bu safar ham shunday bo‘lishiga ishonamiz”, — dedi u.
Izoh (0)