• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi

    Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: UzReport

    Foto: UzReport

    Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitaning eng muhim tadbirlari reyestriga kiritilgan ushbu yarmarka dunyo miqyosida paxta bozori siyosatini belgilovchi nufuzli anjumanlardan biridir.

    Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan 2005-yildan buyon an’anaviy o‘tkazilayotgan yarmarka “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, Tovar-xomashyo birjasi va “Sifat” markazi hamkorligida tashkil etildi.

    Xalqaro paxta uyushmasi, Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mita, Cotton Outlook xalqaro axborot agentligi va Xalqaro to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi singari nufuzli tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

    O‘zbek paxta tolasiga bo‘lgan ehtiyoj jahon bozorida muntazam ortmoqda. Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ishtirokchilari yil sayin ko‘payib borayotgani ham shundan dalolatdir. Misol uchun, 2005-yilgi dastlabki yarmarkada 30 mamlakatdan 170 ga yaqin kompaniya vakillari qatnashgan bo‘lsa, 2010-yilda 34 davlatdan 300 dan ziyod firma va kompaniya mutaxassislari ishtirok etdi. Bu yil anjumanga 40 dan ziyod davlatdan vakillar qatnashmoqda. Ayni vaqtda o‘zbek paxtasini yetkazib berish ko‘lami tobora kengayib, dunyoning yangi-yangi mintaqalari qamrab olinmoqda.

    “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi raisi A. Kamolov, “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati raisi I. Haydarov va boshqalar O‘zbekiston jahon paxta bozoridagi yetakchi mamlakatlardan biri bo‘lib, paxta ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda oltinchi, eksport bo‘yicha beshinchi o‘rinda turishi, eksport imijini mustahkamlash uchun keng ko‘lamli ishlar qilingani, jahon bozorida raqobat kuchayayotgan hozirgi sharoitda o‘zbek paxta tolasining raqobatbardoshligini yanada oshirish zarurligini alohida ta’kidladi.

    Cotton Outlook xalqaro axborot agentligi bosh muharriri R. Batler o‘zbek paxta tolasi xalqaro standartlarga to‘la javob berishi, tola ishlab chiqarish darajasi barqaror saqlanayotgani iste’molchilarga maqbul kelayotganini alohida qayd etdi. 42 mamlakatni birlashtirgan Paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitaning boshqaruvchi direktori A. Gitchuns esa dunyo miqyosida katta ahamiyatga ega ushbu nufuzli paxta forumida bir necha yillardan buyon ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirib, izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli O‘zbekiston jahon paxta bozorining yirik ishtirokchilaridan biriga aylanganini ta’kidladi.

    Yarmarkada ishtirokchilar O‘zbekistonda yangi va istiqbolli navlarni yaratish, agrotexnika tadbirlari va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, paxta yetishtirishdan uni tayyorlash, saqlash va transportirovka qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga olgan paxta sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Yarmarkaning asosiy voqealari “O‘zekspomarkaz” maxsus pavilyonida o‘tmoqda. Pavilyon xalqaro yarmarka standartlariga muvofiq jihozlangan bo‘lib, tarmoqqa oid barcha ma’lumotni qamrab olgan axborot stendlari o‘rnatilgan. Anjuman qatnashchilari bu yil mamlakat paxta zavodlarida ishlab chiqarilgan 650 turkum tolaning namunalari bilan tanishish va sifat jihatidan o‘z ehtiyojlariga mos toylarni tanlab olish imkoniga ega.

    Tadbir qatnashchilari yarmarka doirasida bo‘lib o‘tadigan anjuman va davra suhbatlarida jahon paxta bozorining bugungi holati va uning istiqbollarini muhokama qilish barobarida, O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda. Zero, yarmarkada tola namunalaridan tashqari, to‘qimachilik korxonalarning mahsulotlari – kalava, matolar, tayyor buyumlar ham keng namoyish etilmoqda. To‘qimachilik yarmarkasi ekspozitsiyasi «O‘zekspormarkaz»ning alohida pavilyonidan joy olgan.

    Bu yilgi xalqaro yarmarka doirasida, avvalgilaridan farqli o‘laroq, “Paxta sanoatining rivojlanishi va jahon bozorida o‘zbek paxta tolasi raqobatbardoshligini oshirish istiqbollari”, “To‘qimachilik tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirish — eksport imkoniyatlari ortishining muhim omili”, “Paxta va to‘qimachilik tarmoqlarida ilmiy va texnologik yangiliklar” kabi mavzularda uchta seksiyaga bo‘lingan holda o‘zaro muloqotlar o‘tkazilmoqda.

    Yarmarka doirasida ishtirokchilar “Toshkent-tola” paxta terminali, Toshkent viloyatidagi “O‘zbekiston” paxtani qayta ishlash zavodi, “UzteksChirchiq” qo‘shma korxonasida bo‘lib, mamlakat paxtachilik sektorida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaralari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yengil sanoat salohiyati, jumladan, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan turfa liboslar namoyishi ham rejalashtirilgan.

    XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasining ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari U. Rozuqulov so‘zga chiqdi.

    12.10.2016, 19:55   Izoh (0)   5054
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abdulaziz Kamilov Kuvayt elchisi Ahmad al-Jiyranni qabul qildi

    12.10.2016, 15:04

    O‘zbekiston senatorlari amnistiya to‘g‘risida qaror qabul qildi

    12.10.2016, 13:30

    Toshkentda 11-oktabr kuni havo harorati +27 darajadan oshmadi

    12.10.2016, 13:01

    Toshkentda “Zamonaviy seysmologiyaning dolzarb muammolari” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi

    12.10.2016, 12:54

    Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarda 13-oktabr kuni kuchli yog‘ingarchilik va kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

    12.10.2016, 12:28

    “Ural aviayo‘nalishlari” Chelyabinskdan Toshkentga aviatqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi

    12.10.2016, 12:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin o‘z shartlari bajarilmaguncha urushni davom ettiradi — Kreml manbalari

    Dunyo | 16 iyul, 09:02

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Toshkentda qamoq ehtiyot chorasini o‘zgartirib bermoqchi bo‘lgan ichki ishlar xodimining o‘zi qamaldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:36

    Patrul-post xizmati va profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 16 iyul, 08:27

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.