Rossiya Strategik mo‘ljal raketa qo‘shinlarining harbiy raschyoti Arxangelsk viloyatidagi “Plesetsk” kosmodromidan RS-12M “Topol” qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda, mamlakat mudofaa vazirligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Harbiy raketaning o‘quv qismi Kamchatka yarim orolidagi poligonda joylashgan shartli nishonga kiritilgan aniqlik bilan tegdi”, — deyiladi mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabarida.
Raketa uchirishdan ko‘zlangan maqsad — ushbu tipdagi qit’alararo ballistik raketalardan foydalanish muddatining uzaytirilganini tasdiqlash.
Izoh (0)