“Barselona” hujumchisi Lionel Messi jamoaning keyingi uchrashuvida maydonga tushishi mumkin, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Jamoa matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchi tez sur’atlarda tiklanmoqda va hatto mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Bundan tashqari, 15-oktabr kuni “Deportivo”ga qarshi kechadigan bahsda Samyuel Umtiti ham ishtirok etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Messi “Atletiko Madrid”ga qarshi (1:1) Ispaniya chempionati 5-turida kechgan bahsda jarohat olgan edi. Biroz oldin u 19-oktabr kuni “Manchester Siti”ga qarshi YChL guruh bosqichi 3-turida maydonga tushishga tayyor bo‘lishi aytilgan edi.
Izoh (0)