JCh—2018 ning Janubiy Amerika mintaqasi uchun berilgan 4,5 ta chiptasidan birini yutib olishga harakat qilayotgan KONMEBOL mamlakatlari saralashning 10-turini yakunladi. Bu ikkinchi davra o‘yinlari boshlanganidan darak beradi.
Argentina terma jamoasi o‘z maydonida Paragvayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qayd etish kerak, birinchi davra o‘yinida ham argentinalik futbolchilar Paragvay darvozasiga gol ura olmay, 0:0 hisobidagi durangga rozi bo‘lgandi.Braziliya esa Venesuelada zafar quchib, turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 10-turdan keyin pentakampionlar hisobida 21 ochko bor.
Safarda Kolumbiya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan Urugvay terma jamoasi bir pog‘ona quyiga sho‘ng‘ishga majbur bo‘ldi. Urugvay o‘z maydonida kechgan o‘yinda kolumbiyaliklar darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishning uddasidan chiqa olgandi.
Va nihoyat Chili terma jamoasi Arturo Vidalning dubli evaziga zafar quchib, ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi.
JCh—2018 KONMEBOL. 10-tur 12-oktabr, chorshanba
Izoh (0)