O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Xitoyga qarshi 2:0 hisobi bilan yakuniga yetgan o‘yindan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytardi.
“Bugun sifatli o‘yin namoyish etdik, — deb gap boshladi Babayan. — Rejalarimizni amalga oshirdik va maqsadimizga erishdik. Muxlislarni tabriklayman hamda futbolchilarga rahmat aytaman”.
“Bugun Server 120-o‘yinini o‘tkazdi, bu rekord. Uni o‘smirlik davridan buyon bilaman. Haqiqiy professional”, — deb Server Jeparovning o‘yini haqida berilgan savolga javob qaytardi murabbiy.
“Har bir o‘yin uchun alohida taktika tanlaymiz. Ikkinchi bo‘limda Xitoyda bo‘sh zonalar paydo bo‘ldi. O‘z oldiga yuqori maqsad qo‘yadigan jamoa hujumda ham, himoyada ham birdek o‘ynay olishi lozim. Bugun kurashlarda bizning yigitlar g‘alaba qozonishdi”.
“Xitoy safida maydonga chiqib kelgan futbolchilar men uchun kutilmagan bo‘ldi. Biroq murabbiy o‘sha-o‘sha va jamoa falsafasi o‘zgarmagan edi. Xitoy murabbiyi bilan yaxshi tanishman. Uni hurmat qilaman. Mahalliy mutaxassis bo‘lgani uchun iste’fosiga qaramay federatsiya unga ishonishda davom etsa kerak”, — deb fikr bildirdi Babayan.
Izoh (0)